Hindistonda vokzaldagi tiqilinchda 18 kishi halok bo‘ldi

Hindistonning Nyu-Dehli temiryo‘l vokzalida tiqilinch yuz berib, 18 kishi halok bo‘ldideb xabar beradi The Hindu.
Qayd etilishicha, hodisa ko‘plab ziyoratchilar Prayagraj shahriga – eng yirik hinduiylik festivali Kumbh Mela o‘tkaziladigan joyga boruvchi poyezdda o‘rin egallashga shoshilgan paytda sodir bo‘lgan.
Dehli polisiyasining dastlabki tergoviga ko‘ra, Nyu-Dehli temiryo‘l vokzalidagi halokatli tiqilinch yo‘lovchilarning Prayagraj Express va Prayagraj Special poyezdlari o‘rtasida adashib, o‘z poyezdlarini o‘tkazib yuborishdan qo‘rqishlari tufayli sodir bo‘lgan.
Halok bo‘lgan 18 kishidan uch nafari qiz bola, ularning yoshi yetti, sakkiz va o‘n beshda. Yana 24 yoshli bir yosh ayol, 35-45 yosh oralig‘idagi to‘qqiz ayol va 70 yoshli bir keksa ayol ham hayotdan ko‘z yumgan. Shuningdek, 12 yoshli bir o‘g‘il bola, 25, 45 va 47 yoshdagi uchta erkak halok bo‘lgan. Jabrlangan 15 kishidan to‘qqiz nafari erkak, olti nafari ayol. Ulardan uch nafari og‘ir jarohat olgan, 12 nafari esa yengil tan jarohatlariga ega.
“Yana 15 kishi jarohatlangan. Ularning aksariyati barqaror holatda bo‘lib, ortopedik jarohatlarga ega”, – deyiladi xabarda.