Hindistonda to‘y musiqasi tufayli 100 ga yaqin tovuq o‘ldi

Hindistonda to‘y musiqasi tufayli 100 ga yaqin tovuq o‘ldi

Hindistonda to‘y paytida yuzga yaqin tovuq nobud bo‘ldi. Voqea Balasor shahrida voqea sodir bo‘lgan joy yaqinida joylashgan parrandachilik fermasida sodir bo‘lgan. Bu haqda The Times of India yozmoqda.

Xususan, 63 bosh tovuq nobud bo‘lgan. Mutaxassislarning aytishicha, bularning barchasi musiqa tufayli sodir bo‘lgan.

Parrandachilik fermasi xo‘jayini allaqachon polisiyaga ariza topshirgan va unda tovuqlar ferma yonidan to‘y korteji o‘tganidan keyin nobud bo‘lganini yozgan.

"Ammo kuyovning jo‘ralari menga baqirib, dijeyga ovozni balandlatishini aytishdi. Ular mening parrandachilik fermam oldida ataylab 15 daqiqacha to‘xtab, baland ovozda musiqa chalishdi", - dedi erkak huquq-tartibot xodimlariga.

Qushlar kortej ketganidan so‘ng darhol nobud bo‘lgan, veterinariya shifokorlari esa ular yurak xurujidan vafot etganini aytishgan.

"Mening fermamda 2000 ga yaqin tovuq bor edi. 63 ta o‘lik tovuqning har biri 3 kg ga yaqin. Men 25 000 rupiy yo‘qotdim. O‘lgan tovuqlar hali ham fermada, chunki polisiya ularni tashlamaslikni so‘radi. Tergov tugaguniga qadar", - deya qo‘shimcha qildi u.

Polisiya ushbu holat yuzasidan tergov ishini boshladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!