Hindistonda tosh ko‘chkisi: 9 kishi halok bo‘ldi

Hindistonda tosh ko‘chkisi: 9 kishi halok bo‘ldi

Hindistonning shimoliy Ximachal-Pradesh shtatida tosh ko‘chkisi daryodagi ko‘prikni buzib yubordi. To‘qqiz kishi toshlar qulab tushayotganda ularning mashinasini bosib qolgani tufayli halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

Agentlikning ta’kidlashicha, qurbonlar Hindistonning boshqa hududlaridan kelgan sayyohlar bo‘lib, bir necha kishi jarohat olgan. Jasadlarni olib ketish uchun voqea joyiga vertolyot yetib keldi.

Guvohlar tomonidan olingan kadrlarda toshlar qanday qilib katta tezlik bilan tepalikdan uchib tushayotgani aks yetgan.

# KO‘RING | Himachal-Pradesh: Kinnaur tumanidagi ko‘chki tufayli toshlar pastga ag‘darilib, ko‘prik qulab tushdi; transport vositalari shikastlangan pic.twitter.com/AfBvRgSxn0

- ANI (@ANI) 2021 yil 25-iyul
Bosh vazir Narendra Modi qurbonlarning oilalariga hamdardlik bildirdi.

Yog‘ingarchilik mavsumi Hindistonda har yili iyun oyidan sentyabr oyigacha bo‘lganligi sababli Hindistonning ayrim qismlariga kuchli yog‘ingarchilik tufayli ko‘chkilar va toshqinlar tushdi. Xususan, iyul oyida kuchli yomg‘irlar natijasida yuzaga kelgan ko‘chki tufayli Hindiston g‘arbiy qismidagi Maxarashtra shtatida 136 kishi halok bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!