Hindistonda “Suvaraklar xalq partiyasi” harakati ta’lim vazirining iste’fosini talab qilib namoyishga chiqdi

Hindistonda “Suvaraklar xalq partiyasi” harakati ta’lim vazirining iste’fosini talab qilib namoyishga chiqdi

Asosan yoshlardan iborat norozilik aksiyasi qatnashchilari Nyu-Dehlidagi parlament binosiga bostirib kirishga urindi. Huquq-tartibot xodimlari namoyishchilarga qarshi tayoqlar va ko‘z yosh oqizuvchi gaz qo‘lladilar.

“Suvaraklar xalq partiyasi” (CJP) harakati tomonidan tomon tashkil etilgan namoyishni tarqatish jarayonida kamida 118 nafar polisiyachi va 60 ga yaqin namoyishchi jabrlandi. Bu haqda poytaxt polisiyasi ma’lum qildi.

May oyida Hindiston Oliy sudi sudyasi ishsiz yoshlarni mensimay, ularni "internetda o‘tirib, duch kelganga hujum qiladigan suvaraklar", deb ataganidan, shuningdek, 10 milliondan ortiq talabaga ta’sir qilgan tibbiyot oliygohlariga kirish imtihoni savollarining oldindan sizib chiqqani ma’lum bo‘lganidan keyin “Suvaraklar xalq partiyasi” harakati tashkil etilgan edi.

Hindiston yoshlari tomonidan faol ravishda qo‘llab-quvvatlanayotgan “Suvaraklar xalq partiyasi” imtihonlar o‘tkazishdagi qoidabuzarliklar bilan bog‘liq mojarodan so‘ng ta’lim vaziri Dharmendra Pradhanning iste’fosini talab qilmoqda. Biroq noroziliklar tezda bitta muammo doirasidan chiqib ketdi va yosh hindistonliklarning cheklangan karera istiqbollari hamda mamlakatdagi iqtisodiy qiyinchiliklarga nisbatan umumiy noroziligiga aylandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Ronalduning to‘yida onasi qatnashmadi

Криштиану Роналду 41 ёшида Жоржина Родригес билан оила қурди.

Ginnessning rekordlar kitobi Xolandning birdaniga to‘rtta rekordini rasman ro‘yxatga oldi

«Манчестер Сити»нинг норвегиялик ҳужумчиси Эрлинг Ҳоландга Гиннесснинг рекордлар китобидан тўртта сертификат топширилди.

Cobalt’ning O‘zbekistondagi sotuvlari 2 baravargacha tushib ketdi

2026 йилнинг биринчи ярмида UzAuto Motors қарийб 83 мингта Cobalt ишлаб чиқарган, аммо шундан атиги 41 мингтаси маҳаллий харидорларга сотилган.

Men Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi uchun Putinning roziligini olganman – Sadir Japarov