Hindistonda maymunlar galasi 13 yoshli qizchani o‘ldirdi

Hindistonda maymunlar galasi 13 yoshli qizchani o‘ldirdi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida, Muzaffarnagar shahrida maymunlar galasi 13 yoshli qizchani o‘ldirdi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.

20 oktyabr, seshanba kuni o‘spirin qiz u qurigan kiyimlarini olish uchun tomga ko‘tarilgan. To‘satdan tajovuzkor maymunlar to‘dasi unga hujum qilgan. Maymunlar uni tomning chetiga itarib yuborgan, u qoqilib yerga yiqilgan.

Bola darhol og‘ir jarohatlar bilan kasalxonaga yetkazildi. Shifokorlar qizning vafot etganini tasdiqladilar.

Maymunlarning odamlarga hujumi Uttar-Pradeshda keng tarqalgan. 2019 yil iyul oyida Hindiston shimolidagi Vrindavan shtatida maymunlar galasi o‘z uyi yaqinidagi odamga hujum qilgan.

O‘sha yilning mart oyida maymunlar shtatda bir kunda ikki kishini o‘ldirishgan: 60 yoshli ayol va 20 yoshli erkak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!