Hindistonda koronavirusning yana bir yangi turi aniqlandi

Hindistonda koronavirusning yana bir yangi turi aniqlandi

Hindistonning Maxarashtra shtatida koronavirusning yangi turini yuqtirishning 20 ta holati aniqlandi, unga "delta plyus" nomi berildi (V.1.617.2.1). Bu haqda Hindiston televideniyesi efirida Tibbiy ta’lim va tadqiqotlar bo‘limi boshlig‘i doktor Tatyarao P.Laxan ma’lum qildi.

Virusning yangi varianti boshoq oqsilida K417N mutasiyasining mavjudligi bilan ajralib turadi, bu esavirusdan tuzalgan va emlangan odamlarda antitanachalarning faolligini pasaytirishi mumkin.

Lahan, shuningdek, Ratnagiri port shahrida yangi shtammni yuqtirishning beshta holati qayd etilganligini, yuqtirgan ikki kishida esa hech qanday alomat yo‘qligini aytdi. Koronavirusning tarqalishini oldini olish uchun rasmiylar maxsus zonalar yaratdilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!