Hindistonda josuslikda ayblanib, 3 yilga qamalgan kabutar ozodlikka chiqarildi

Hindistonda josuslikda ayblanib, 3 yilga qamalgan kabutar ozodlikka chiqarildi

Hindiston polisiyasi josuslikda gumonlangan Pokiston kabutarini hibsdan ozod qildi. Qush ikki mamlakat o‘rtasidagi bahsli chegaradan uchib o‘tganidan so‘ng uni josuslikda gumon qilishgandi, deb yozadi Toronto Sun.

Qushni tekshirish jarayonida shubhali hech narsa ko‘zga tashlanmagan.

Qayd etilishicha, kabutar dastlab pokistonlik baliqchiga tegishli bo‘lgan. Biroq qaysi yo‘nalishda uni uchirishgani hamda uning egasiga qaytarilgani haqida ma’lumot berilmagan, deydi "ekolog.uz".

«Bu shunchaki aybsiz qush», — degan edi kabutarning egasi Habibulla. U Hindiston fuqarolarini kabutarini polisiyaga topshirmay, o‘ziga qaytarishga chaqirgandi.

Qushning oyog‘iga yozilgan raqam mahalliy aholi vakillarining xavfsirashiga sabab bo‘lgandi. Ular raqamni bahsli chegaradagi terrorchilarga atalgan kod deb o‘ylagandi.

Habibulla esa kabutar qushlar poygasida ishtirok etgani, oyog‘ida uning telefon raqami yozilganini aytgan edi.

Qayd etilishicha, chegaraoldi qishloqlarida bunday azart o‘yinlar ommabop bo‘lib, ko‘pincha qushlar musobaqa paytida yo‘qolib qoladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!