Hindistonda firibgarlikning yangi turi ommalashmoqda

Hindistonda firibgarlikning yangi turi ommalashmoqda

Hindiston polisiyasining xabariga ko‘ra, onlayn savdo platformalarida amalga oshirilayotgan firibgarlik jinoyatining yangi turi keng tarqalmoqda.

Bu firibgarlikning boshqa turlaridan farq qilib, u brauzerdagi “cookie” fayllarda saqlanadigan parollarni o‘g‘irlash orqali foydalanuvchilarning “gmail” akkauntlarini boshqarish huquqini qo‘lga kiritish tarzida amalga oshiriladi. Ushbu huquqni qo‘lga kiritgan firibgar sizning elektron pochta manzilingizga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Natijada firibgar mazkur elektron pochta manziliga bog‘langan savdo platformalari orqali Sizning nomingizdan istalgan mahsulotni onlayn tarzda xarid qilish, unga to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin.

Xususan, polisiya ma’lumotiga ko‘ra, bugungi kunga qadar bunday faoliyat bilan shug‘ullanadigan 3 ta jinoiy guruh qo‘lga olingan bo‘lib, ular o‘g‘irlangan akkauntlarga bog‘langan bank hisob raqamlaridan pul mablag‘larini o‘zlashtirish, turli xildagi sovg‘a kartalarini xarid qilish, mahsulotlarga buyurtmalar berish va boshqa qilmishlarni sodir etganligi aniqlangan.

E’tiborli jihati, ushbu turdagi kiberfiribgarlik jinoyatlari asosan tungi vaqtlarda sodir etilayotganligi sababli undan jabrlanganlar soni keskin ortib bormoqda.

Chunki, tungi vaqtlarda internet foydalanuvchilari dam olayotgani sababli firibgarlar tomonidan yuqorida ko‘rsatilgan qonunbuzarliklardan uyg‘ongandan so‘ng xabar topayotganliklari, bu esa noqonuniy qilmishlarini zudlik bilan oldini olish imkoniyatini cheklamoqda.

Mazkur turdagi kiberfiribgarlarning tuzog‘iga tushmaslik uchun quyidagilarga amal qiling:

- Elektron pochta manzilingizga kirish parolini hech kimga bermang;

- parol va boshqa maxfiy kodlaringizni qurilma brauzerida saqlamang;

- Elektron pochtangizga boshqa qurilmalardan kirib foydalanib bo‘lganingizdan so‘ng, unda shaxsiy ma’lumotlaringiz saqlanmaganligiga ishonch hosil qiling.

Internet ma’lumotlari asosida tayyorlandi.

IIV Kiberxavfsizlik markazi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!