Hindistonda falokat: kamida 18 kishi halok bo‘ldi

Hindistonda falokat: kamida 18 kishi halok bo‘ldi

Hindiston sharqida, G‘arbiy Bengaliyada yengil avtomobil va tosh ortilgan yuk mashinasining to‘qnashuvi oqibatida kamida 18 kishi halok bo‘ldi, yana besh kishi jarohat oldi. Bu haqda bir kun avval Sinxua xabar berdi.

Baxtsiz hodisa shanbaga o‘tar kechasi G‘arbiy Bengal provinsiyasi markazi Kalkutta shahridan 164 kilometr shimolda joylashgan Nadiya tumanining Phulbari tumanida sodir bo‘lgan.

Krematoriyga ketayotgan motamchilar yo‘l-transport hodisasi qurboniga aylanishdi. Jabrlanganlar eng yaqin shifoxonaga yetkazilgan.

Dastlabki tergov natijalari shuni ko‘rsatdiki, avtohalokatga ehtiyotsizlik va hududdagi quyuq tuman sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!