Hindistonda erkak xotini va qizini qutqarish uchun qoplonni qo‘llari bilan o‘ldirdi

Hindistonda erkak xotini va qizini qutqarish uchun qoplonni  qo‘llari bilan o‘ldirdi

Hindistonning Karnataka shtatida Rajagopar Naik ismli erkak rafiqasi va qizini qutqarish uchun qoplonni qo‘llari bilan o‘ldirdi. Bu haqda «Newsflare» xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, oila to‘ydan velosipedda qaytayotganda hujum qilgan yirtqich ayolning oyoqlaridan tishlamoqchi bo‘lgan. Natijada uchalasi ham velosipeddan yiqilib tushgan. 

Naik yirtqichni xotinidan uzoqlashtirishga muvaffaq bo‘lgan, keyin qoplon erkakning o‘ziga tashlangan. 

«U mening ustimga sakradi va qo‘llarim hamda bo‘ynimni tishlamoqchi bo‘ldi. O‘zimni qo‘llarim bilan himoya qilib, uni yerga yotqizdimda tizzam bilan o‘ldirdim», dedi erkak. 

Jang paytida boshi, qo‘llari va bo‘ynidan jarohatlangan Naik kasalxonaga yotqizilgan. O‘rmon hamjamiyati vakillarining so‘zlariga ko‘ra, o‘ldirilgan qoplon ilgari kamida uch kishiga hujum qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!