Hindistonda bir sutka davomida 403 mingdan ortiq kasallanish aniqlanib, 242 ming nafardan ortiq kishi vafot etdi

Hindistonda bir sutka davomida 403 mingdan ortiq kasallanish aniqlanib, 242 ming nafardan ortiq kishi vafot etdi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 157 million 289 mingdan ortiqni tashkil etmoqda,  shundan 3 million 277 mingdan ziyod kishi vafot etgan (09.05.2021 yil Yevropa vaqti bilan soat 16:43 holatiga ko‘ra). 

Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 786 943 yangi holati aniqlandi. 12 994 nafar bemor vafot etdi.

Jons Xopkins universitetining hozirgi (10.05.2021 yil Toshkent vaqti bilan soat 11:20 holati) ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda kasallikni 158 million 337 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 3 million 293 mingdan ortig‘i vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar bo‘yicha:
– AQSh birinchi o‘rinda turibdi, u yerda JSST ma’lumotlariga ko‘ra 32,300 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. 
– Ikkinchi o‘rinda Hindiston (22,296 milliondan ortiq), 
– uchinchi o‘rinda Braziliya (15,082 milliondan ortiq), 
– to‘rtinchi o‘rinda Fransiya (5,676 milliondan ortiq), 
– beshinchi o‘rinda esa Turkiya (5,016 milliondan ortiq).

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, bir sutka davomida AQShda 43 193 (shuningdek, ushbu davlatda 575 322 nafar kishi vafot etgan), Hindistonda 403 738 (242 362 nafar kishi vafot etgan), Braziliyada 78 886 (419 114 kishi vafot etgan), Fransiyada 20 745, Turkiyada esa 18 052 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!