Hindistonda 2 nafar afg‘onistonlik bir yil ichida eng katta narkotik partiyasini kontrabanda qilgani uchun hibsga olindi

Hindistonda 2 nafar afg‘onistonlik bir yil ichida eng katta narkotik partiyasini kontrabanda qilgani uchun hibsga olindi

Mustafo Stanikzay va Rahimulloh Rahimiy 3-sentyabrdan beri 312,5 kg metamfetamin va 10 kg eng yuqori standartdagi geroin kontrabandasida ayblanib hibsga olingan.

Hindistan Times nashrining yozishicha, ulardan olingan ma’lumotlar tufayli Hindiston huquq-tartibot idoralari xodimlari Mumbay portida 20 tonna qizilmiya ichiga niqoblangan 345 kg geroinni musodara qilgan. Giyohvand moddalarning narxi 17,25 milliard rupiyga baholanmoqda.

Aytilishicha, gumonni yashirish va kamaytirish maqsadida yuk Afg‘onistondan Eronga, u yerdan dengiz orqali Yaqin Sharqqa va shundan keyingina Hindistonga yetkazilgan. Giyohvand moddalar mafiyasining boshlig‘i Pokistonda yashovchi afg‘on Ahmad Shohdir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!