Hindistonda 175 yillik ibodatxona odamlar ko‘z o‘ngida qulab tushdi

Hindistonda 175 yillik ibodatxona odamlar ko‘z o‘ngida qulab tushdi

Hindistonning G‘arbiy Bengaliya shtatidagi 175 yillik Shiva ibodatxonasi Ganges daryosi qirg‘oqlarining suv toshqini va eroziyasi kuchayishi tufayli qulab tushdi.

The Times of India nashri xabariga ko‘ra ibodatxona 6 sentyabr kuni kechqurun aholining ko‘z o‘ngida qulab tushdi.

Nashrning xabar berishicha, ibodatxona o‘tgan yildan beri avariya holatida edi, ammo vaqtinchalik himoya inshootlari uning o‘rnida turishiga imkon berdi. Ganges suv sathi 9 sentyabrgacha ko‘tarilishda davom etishi kutilmoqda.

Mahalliy maktab o‘qituvchisi Alok Mandalning aytishicha, u bolaligida daryo ibodatxonadan taxminan 15 kilometr uzoqlikda bo‘lgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ibodatxona ibodat qiluvchilar orasida juda mashhur bo‘lgan va yaqin atrofdagi haftalik bozor minglab odamlarni jalb qilgan.

Ma’murlar hududdan taxminan 2000 nafar aholini evakuasiya qilishdi. Ular vaqtincha turli maktablarda joylashtirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Aeroportda yangi tug‘ilgan chaqaloq va uning onasi vafot etdi

Ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар маълумотига кўра, дастлабки тахминларга асос