Hindiston yana beshta S-400 xarid qiladi

Hindiston yana beshta S-400 xarid qiladi

Hindiston Rossiyadan yana beshta S-400 zenit-raketa majmuasini xarid qilishga qaror qildi.

Hindiston armiyasiga beshinchi va so‘nggi Rossiyada ishlab chiqarilgan S-400 majmuasini yetkazib berish 2026 yil noyabr oyiga rejalashtirilgan. Shu bilan birga, Nyu-Dehli qo‘shimcha beshta tizim sotib olishni rejalashtirmoqda.

Hindiston OAVlari mamlakat Rossiyaning Su-57 qiruvchi samolyotlarini xarid qilishni rejalashtirayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Nyu-Dehlining asosiy e’tibori havo mudofaasini kuchaytirishga qaratilgan. Bunga Xitoyning Tibetdagi harbiy bazalariga yangi J-20 samolyotlarini joylashtirgani ham sabab bo‘lmoqda.

Yangi beshta S-400 majmuasining narxi kelishilib, Hindiston Moliya vazirligi xaridni ma’qullaganidan so‘ng tomonlar to‘liq shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Hindiston Mudofaa vazirligida S-400 tizimlariga qiziqish Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi so‘nggi mojaro davrida ushbu majmua kamida bitta Pokiston harbiy samolyotini urib tushirgani haqidagi ma’lumotlardan keyin yanada oshgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!