Hindiston yadroviy zaryad tashiy oladigan “Agni-3” raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi

Hindiston yadroviy zaryad tashiy oladigan “Agni-3” raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi

Hindiston yadro jangovar zaryadini tashiy oladigan “Agni-3” ballistik raketasining sinov parvozini amalga oshirdi, deb ma’lum qildi The Indian Express gazetasi payshanba kuni respublika mudofaa vazirligi ma’lumotiga tayanib.

“Raketa Bengal qo‘ltig‘ida joylashgan Odisho shtatining sharqida Abdul Kalam orolidagi poligondan uchirildi. Mazkur sinov strategik kuchlar qo‘mondonligi muntazam amalga oshirib kelayotgan mashq parvozlarining bir qismi hisoblanadi, – deyiladi vazirlik tarqatgan bayonotda.

"Agni-3" 3,5 ming kilometrgacha ucha oladi. Uzunligi 17, diametri 2 metr, uchish startida og‘irligi 50 tonna keladigan mazkur raketa Hindiston qurolli kuchlari ixtiyoriga berilgan. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!