Hindiston va Turkiyaga borish uchun kimlarga ruxsat berilishi ma’lum qilindi

Hindiston va Turkiyaga borish uchun kimlarga ruxsat berilishi ma’lum qilindi

SSV matbuot xizmatining xabar qilishicha, tegishli tashkilotlarning taklifini inobatga olgan holda Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra,  shu yilning 10 mayidan Hindiston va Turkiyaga faqatgina:

- xizmat safariga boruvchi O‘zbekiston  fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, 

- xorijda tahsil olayotgan talabalar, 

- O‘zbekistonda yashash huquqiga ega bo‘lgan chet davlat fuqarolari, 

- diplomatlar va ularning oila a’zolari, 

- xorijda faoliyat yurituvchi fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, 

- investisiya loyihalari doirasida olib kelingan mutaxassislar, 

- tranzit va transfer yo‘lovchilar, 

- xorijda davolanish uchun ketayotgan fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga (tegishli hujjatlar taqdim etilgan taqdirda) aviachiptalarni sotish tizimi joriy etiladi.

Bunda Hindiston va Turkiyaga:

- xizmat safariga boruvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga Respublika maxsus komissiyasining ruxsati bilan aviachiptalar sotiladi;

- xorijda tahsil olayotgan talabalar, O‘zbekistonda yashash xuquqiga ega bo‘lgan chet davlat fuqarolari, diplomatlar va ularning oila a’zolari, xorijda faoliyat yurituvchi fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, investisiya loyihalari doirasida olib kelingan mutaxassislar, tranzit  va transfer yo‘lovchilar, xorijda davolanish uchun ketayotgan fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga Hindiston va Turkiyaga borish maqsadida aviachipta xarid qilish uchun Respublika maxsus komissiyasining ruxsati talab etilmaydi.

Ularga aviachiptalar tegishli tasdiqlovchi hujjatlarga asosan sotiladi, aeroportdan ro‘yxatdan o‘tishda aeroport xodimlari  nazorati amalga oshiriladi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!