Hindiston TIV Rossiya diplomatini chaqirtirdi

Hindiston TIV Rossiya diplomatini chaqirtirdi

Bunga to‘rt nafar dengizchining raketa zarbasi oqibatida halok bo‘lgani sabab qilib ko‘rsatilmoqda.

​Hindiston Rossiyaning muvaqqat ishlar vakilini chaqirtirib, 19 iyul kuni Qora dengizdagi quruq yukli kemaga berilgan raketa zarbasi oqibatida to‘rt nafar hindistonlik halok bo‘lganidan so‘ng "jiddiy xavotir" bildirdi, deb xabar bermoqda "Reuters".

​Avvalroq, Ukraina rasmiylari Rossiya yakshanba kuni Hindiston va Suriya ekipajidan iborat Gvineya-Bisau bayrog‘i ostidagi "Golden Leo" kemasiga uchta qanotli raketa bilan zarba berganini, oqibatda ekipajning to‘qqiz a’zosi, jumladan Hindiston fuqarolari va losman halok bo‘lganini ma’lum qilgan edi. Kema Odessadan jo‘xori yuki bilan chiqqan vaqtida o‘qqa tutilgan, deb yozdi Odessa viloyat harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Kiper.

​Hindiston TIV tijorat kemalarining o‘qqa tutilishi va buning oqibatida tinch aholining halok bo‘lishi "qabul qilinib bo‘lmaydigan holat" ekanini bildirdi.

​Rossiya kemaga berilgan zarba bo‘yicha izoh bermadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Ronalduning to‘yida onasi qatnashmadi

Криштиану Роналду 41 ёшида Жоржина Родригес билан оила қурди.

Ginnessning rekordlar kitobi Xolandning birdaniga to‘rtta rekordini rasman ro‘yxatga oldi

«Манчестер Сити»нинг норвегиялик ҳужумчиси Эрлинг Ҳоландга Гиннесснинг рекордлар китобидан тўртта сертификат топширилди.

Men Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi uchun Putinning roziligini olganman – Sadir Japarov

Қирғизистон президенти Садир Жапаров 2020 йилда ҳокимиятга келгач дарҳол Хитой элчисини чақириб, Хитой-Қирғизистон-Ўзбекистон темир йўли лойиҳасини бошлашни таклиф қилган.

Dunyo katta urush yoqasida turibdi...

Сербия президенти Европа ва Россия ўртасидаги муносабатларни ҳам тилга олди. Унинг фикрича, Европа ҳозир Россия билан “гибрид уруш”