Hindiston shimolida suv toshqinlari va ko‘chkilar natijasida 50 nafarga yaqin odam halok bo‘ldi

Hindiston shimolida suv toshqinlari va ko‘chkilar natijasida 50 nafarga yaqin odam halok bo‘ldi

Hindiston shimolidagi Uttaraxand shtatida kuchli yog‘ingarchilik tufayli yuzaga kelgan toshqin va ko‘chkilar oqibatida kamida 46 kishi halok bo‘ldi.

"Yomg‘ir bilan bog‘liq hodisalar natijasida Uttaraxandda qurbonlar soni 46 kishiga yetdi, 11 kishi bedarak yo‘qolgan, 12 kishi jarohatlangan", dedi S. Murugesan.

Avvalroq, davlat rahbari Pushkar Singx Dhami shtat hokimiyati qurbonlarning oilalariga 400 ming rupiy (5,3 ming dollar) miqdorida tovon to‘lashini, uy-joyidan ayrilganlarga 190 ming rupiy (2,5 ming dollar) berishini aytgandi.

Shtatga yog‘gan kuchli yomg‘ir ko‘chkilar va suv toshqinlariga olib keldi, bir qancha aholi punktlari bilan aloqani uzdi. Shunday qilib, Nainital kurort shahri, shuningdek Himoloy tog‘ yetaklarida joylashgan Kaladhungi, Xaldvani va Bxavali shaharlari bilan aloqa butunlay uzilgan. Hindistonlik meteorologlar kelgusi bir necha kun davomida kuchli yomg‘ir yog‘ishi haqida ogohlantirdi va aholiga xavfsizlik nuqtai nazaridan uylarini tark etmaslikni maslahat berdi.

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Uttaraxanddagi vaziyatdan xabardor ekanini aytdi va jarohatlanganlarga tezroq sog‘ayib ketishini tiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!