Hindiston sharqida yuz bergan yong‘inda 14 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Hindiston sharqida yuz bergan yong‘inda 14 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Seshanba kuni Hindistonning Jarkxand shtatida ko‘p qavatli uyda ro‘y bergan yong‘in 14 kishining hayotiga zomin bo‘ldi, yana 10 kishi jarohat olgan, deb xabar tarqatdi «Sinxua» agentligi.

Polisiyachilarning ta’kidlashicha, Dxanbad tumanidagi ushbu binoda to‘y bo‘layotganda yong‘in kelib chiqqan.

«O‘nga yaqin kishi mahalliy kasalxonaga yotqizildi. Vayronalar ostida odam borligi yoki yo‘qligini aniqlash bo‘yicha amaliyot o‘tkazildi. Hozirda o‘t o‘chirish va qutqaruv ishlari nihoyasiga yetgan», - deyiladi polisiyachilar xabarida.

Bu yong‘in mazkur tumanda so‘nggi to‘rt kun ichida ro‘y bergan ikkinchi hodisa bo‘ldi. Shanba kuni xususiy klinikada yuz bergan yong‘inda besh kishi halok bo‘lgandi.

Xabarda ta’kidlanishicha, okrug ma’muriyati xuddi urush davridagidek ishlamoqda, jabrlanganlarning barchasiga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!