Hindiston parlamentida mamlakat nomini o‘zgartirish muhokama qilinmoqda ​​​​​​​

Hindiston parlamentida mamlakat nomini o‘zgartirish muhokama qilinmoqda ​​​​​​​

Hindistonning qayta nomlanishi 2 iyun, seshanba kuni mamlakat Oliy sudida alohida muhokama qilindi. "Bxarat" deb nomlangan respublikaning tarafdorlari Konstitusiyadan "Indiya" so‘zining olib tashlanishini talab qilmoqda.

India Today xabariga ko‘ra, mamlakatning nomi masalasi 1940 yillarning oxirida, Hindiston Britaniya boshqaruvidan mustaqillikka erishgan paytda qizg‘in muhokama qilingan. Hindiston nomi bilan ko‘pchilik mustamlaka o‘tmishining merosini ko‘rdilar. Ammo qizg‘in bahs-munozaralardan so‘ng mamlakatning ikkita nomi Konstitusiyaga kiritildi: Hindiston va Bxarat.

Da’vogar Dehli shahrida istiqomat qiluvchi Nam, mamlakatning nomini belgilab beradigan va uning hududini belgilaydigan Konstitusiyaning 1-moddasiga o‘zgartirish kiritishni talab qildi.

Konstitusiyaning 1-moddasiga binoan Hindiston, ya’ni Bxarat - bu shtatlar ittifoqidir. Shikoyatchi "Indiya" nomi "qullikning ramzi" ekanligini aytadi. Shu bilan birga, u "Bxarat" yoki "Hindustan" mamlakatning yagona nomi sifatida tan olishni istaydi.

Uning petisiyasida aytilishicha, "inglizcha nomning olib tashlanishi, bu ramziy ko‘rinishga ega bo‘lsa ham, bizning millatimiz, ayniqsa kelajak avlodlar uchun g‘urur tuyg‘usini uyg‘otadi. Aslida, "Indiya" so‘zini "Bxarat" so‘zi bilan almashtirish ota-bobolarimizning ozodlik uchun kurashganini tasdiqlaydi".

So‘nggi o‘n yillarda Hindistonda ko‘plab shahar va shtatlar nomi o‘zgartirildi. Shunday qilib, Bombey uzoq vaqtdan beri Mumbay, Madras - Chennay, Kalkutta - Kolkata shahriga aylandi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!