Hindiston kunlik koronavirus bilan kasallanganlar soni bo‘yicha antirekord o‘rnatdi

Hindiston kunlik koronavirus bilan kasallanganlar soni bo‘yicha antirekord o‘rnatdi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 154 million 815 mingdan ortiqni tashkil etmoqda,  shundan 3 million 236 mingdan ziyod kishi vafot etgan (06.05.2021 yil Yevropa vaqti bilan soat 15:39 holatiga ko‘ra). 

Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 847 537 yangi holati aniqlandi. 14 777 nafar bemor vafot etdi.

Jons Xopkins universitetining hozirgi (07.05.2021 yil Toshkent vaqti bilan soat 10:20 holati) ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda kasallikni 156 million 077 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 3 million 256 mingdan ortig‘i vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar bo‘yicha:
– AQSh birinchi o‘rinda turibdi, u yerda JSST ma’lumotlariga ko‘ra 32,167 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. 
– Ikkinchi o‘rinda Hindiston (21,077 milliondan ortiq), 
– uchinchi o‘rinda Braziliya (14,856 milliondan ortiq), 
– to‘rtinchi o‘rinda Fransiya (5,616 milliondan ortiq), 
– :beshinchi o‘rinda esa Turkiya (4,955 milliondan ortiq).

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, bir sutka davomida AQShda 44 834, Hindistonda 412 262 (bu kunlik koronavirus bilan kasallanganlar soni bo‘yicha antirekord), Braziliyada 77 359, Fransiyada 25 764, Turkiyada esa 26 476 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.

JSSTga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirusga qarshi 1 milliard 170 milliondan ortiq doza vaksina qo‘llanilgan.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!