Hindiston ilk bor COVID-19 bilan bog‘liq 4000 dan ortiq o‘lim qayd etdi

Hindiston ilk bor COVID-19 bilan bog‘liq 4000 dan ortiq o‘lim qayd etdi

Hindiston birinchi marta COVID-19dan 4000 dan ortiq o‘lim qayd etdi. Virusning ikkinchi to‘lqini bilan qamrab olingan mamlakat shu kungacha 21,9 millionta holat qayd etib, AQShdan keyin ikkinchi o‘rinda turibdi.

Haqiqiy raqamlar rasmiy ma’lumotlarga qaraganda ancha yuqori bo‘lishi mumkin. Uchta janubiy shtat infeksiya tarqalishining oldini olish maqsadida yangi cheklovlarni joriy etdi. Hindiston bosh vaziri Narendra Modi hali milliy lokdaunga buyurmadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!