Hindiston hukumati O‘zbekiston bilan kosmosni tadqiq qilish bo‘yicha bitimni tasdiqladi

Hindiston hukumati O‘zbekiston bilan kosmosni tadqiq qilish bo‘yicha bitimni tasdiqladi

Hindiston hukumati O‘zbekiston bilan tinch maqsadlarda kosmosni tadqiq etish to‘g‘risidagi bitimni tasdiqladi.

Bosh vazir Narendra Modi boshchiligidagi Hindiston hukumati yig‘ilishida bitimni tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqildi.

Ta’kidlab o‘tish joizki, O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida tinch maqsadlarda kosmosni tadqiq qilish to‘g‘risidagi bitim 2018 yil 1 oktyabr kuni, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Hindistonga tashrifi doirasida imzolangan.

Ushbu hujjat ikki mamlakat o‘rtasida kosmik texnologiyalar, sun’iy yo‘ldosh aloqalari, kosmik tadqiqotlar sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash imkonini beradi.

Davlatlar qo‘shma chora-tadbirlar rejasi va ushbu hujjatni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqadigan ishchi guruh tuzadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!