Hindiston g‘arbida 140 yil ichidagi eng kuchli bo‘ron yuzaga keldi

Hindiston g‘arbida 140 yil ichidagi eng kuchli bo‘ron yuzaga keldi

Hindistonning g‘arbiy qismida tropik bo‘ron yuzaga keldi. Meteorologlarning taxminlariga ko‘ra, bu so‘nggi 140 yil ichidagi eng halokatlisi bo‘lishi mumkin.

Ma’lumotlarga qaraganda, shamolning tezligi soatiga 110 kilometrdan 200 gacha yetmoqda. Elektr uzatish liniyalari shikastlangani sababli keng ko‘lamli elektr uzilishlar boshlangan. Mamlakatning eng zich joylashgan shahri - Mumbayda favqulodda evakuasiya holati e’lon qilingan.

Araviya dengizining qirg‘oqbo‘yi mintaqalarida istiqomat qiluvchi 100 mingdan ortiq aholi esa allaqachon uylarini tark etishgan.

Hokimiyat tabiiy ofat natijasida binolar vayron bo‘lishi, transport aloqalari uzilishi, daraxtlar sinishi hamda qishloq xo‘jalik ekinzorlari suv ostida qolishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

Ob-havo ma’lumotlariga ko‘ra, "asr bo‘roni" Hindistonda ikki kun, ya’ni 5-iyungacha davom etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!