Hindiston favqulodda foydalanish uchun koronavirusga qarshi dunyodagi birinchi DNK vaksinasini tasdiqladi

Hindiston favqulodda foydalanish uchun koronavirusga qarshi dunyodagi birinchi DNK vaksinasini tasdiqladi

Preparatga Zydus Cadila (ZyCoV-D) deb nom berildi. U Biotexnologiya departamenti bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. Ushbu preparat Hindistonda favqulodda foydalanish uchun Bharat Biotech kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Covaxin’dan keyingi ikkinchi mahalliy vaksina.

Vaksina butun mamlakat bo‘ylab 28000 dan ortiq ko‘ngillilar ishtirokida o‘tkazilgan sinovda 66,6 foiz samaradorlik ko‘rsatgan. Shundan so‘ng ushbu preparatdan voyaga yetganlar va 12 yoshdan katta bolalarga favqulodda foydalanishga ruxsat berildi.

Xabar qilinishicha, ZyCoV-D vaksinasida virusning ayrim genetik materiallari ishlatilgan. U immunitet tizimi taniydigan va unga javob beradigan o‘ziga xos oqsilni yaratish uchun DNK shaklida «ko‘rsatma» beradi. Bir yoki ikki dozali COVID-19 vaksinalaridan farqli o‘laroq, ZyCoV-D uch dozada yuboriladi.

Ishlab chiqaruvchi Cadila Healthcare kompaniyasi yiliga 100 dan 120 million dozagacha ZyCoV-D ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!