Hibsga olingan direktor sog‘lig‘i yomonlashgani sababli ozod qilinishini so‘radi

Hibsga olingan direktor sog‘lig‘i yomonlashgani sababli ozod qilinishini so‘radi

Kanadada hibsga olingan, Huawei kompaniyasi moliyaviy direktori Men Vanchjou aybsizligini aytmoqda va garov puli evaziga ozodlikka chiqarilishini so‘ramoqda. "Kun" nashrining xabar berishicha, Men Vanchjou hibsga olingandan keyin sog‘lig‘i yomonlashgan va shu sababli qon bosimi oshishi xuruji bilan shifoxonaga ham tushgan. 

Men Vanchjou 1 dekabrda AQSh so‘rovi bilan Kanadaning Vankuver shahrida hibsga olingandi.

Avvalroq Xitoy tashqi ishlar vazirligi AQShning Xitoydagi elchisi Terri Branstedni chaqirtirib, Men Vanchjouning hibsga olinishi yuzasidan qat’iy norozilik bildirgan. Xitoy tomoni AQSh ayolning Kanadada hibsga olinishiga “asossiz so‘rov” bergani va shu sababli uni bekor qilishi kerakligini aytgan.

Men HSBC banki orqali noqonuniy tranzaksiyalar sodir etganlikda gumon qilinmoqda. Bank esa AQSh sanksiyalari ostiga tushgan Eron, Sudan va Liviyaga pul o‘tkazmalari amalga oshirganlikda ayblanmoqda. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!