Hayvonlar sudi

Hayvonlar sudi

XVIII asrga qadar Yevropada hayvonlar ustida ham sud jarayonlari bo‘lib turgan. Cherkov tomonidan hasharotlar, shuningdek, mushuklar, itlar va chorva mollari ham javobgarlikka tortilgan. Aybdor deb topilgan hayvonlar ko‘pincha o‘limga mahkum etilgan. Sudlar jamoatsilikkk xavf tug‘diruvchi hayvonlarning xatti-harakatlarini tekshirib borishgan.

Shunday qilib, XII-XVIII asrlar oralig‘ida Fransiyada hayvonlar ustidan 92 ta sud jarayoni o‘tkazilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud. Bunday sudlar yurisprudensiyaning barcha qoidalariga muvofiq tarzda, advokatlar, guvohlar va boshqa sud rasmiylari ishtirokida o‘tkazilgan. Ushbu sudlarga ham odamlarning ishlarini ko‘rib chiqqan sudlar tartibida xarajat qilingan.

Ba’zi hollarda ayblanuvchilar qiynoqqa solingan, ba’zan esa o‘lim jazosi hayvonni qassobxonaga sotish bilan almashtirilishi mumkin bo‘lgan. Undan tushgan daromad zararni qoplash va xayriya uchun sarflangan. Biroq, qatl etilgan "jinoyatchi"ning boshi boshqa hayvonlar ham bundan tegishli saboq chiqarishi uchun jamoat joyida namoyish etilgan. Kichik ahamiyatga ega huquqbuzarlik sodir etilgan bo‘lsa, "jinoyatchi" qatl qilinmagan, balki panjara ortiga yuborilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!