Haydovchi YPX xodimidan "dislokasiya" talab qilishga haqli

Haydovchi YPX xodimidan "dislokasiya" talab qilishga haqli

👮 Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining ishoralari (to‘xtatish, tartibga solish va boshqa) yo‘l harakati qatnashchilariga tushunarli bo‘lishi va o‘z vaqtida berilishi lozim (https://lex.uz/docs/4089917).

🧾 YPX xodimi transportni to‘xtatganida haydovchi YPX xodimi aynan to‘xtatilgan hududda dislokasiyaga asosan xizmat o‘tayotganligi haqida dislokasiyaning ko‘chirmasi bilan shu joyning o‘zida tanishishi mumkin.

❗️YPX xodimi tomonidan o‘ziga biriktirilgan hudud dislokasiyasidan tashqarida qoidabuzarliklar bo‘yicha bayonnomalar rasmiylashtirish taqiqlanadi.

🚫 Dislokasiyadan tashqarida tuzilgan bayonnomalar yuridik kuchga ega bo‘lmaydi va huquqiy oqibatlar keltirib chiqarmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!