Haydovchi ichida 51 nafar bola bo‘lgan maktab avtobusini yoqib yubordi

Haydovchi ichida 51 nafar bola bo‘lgan maktab avtobusini yoqib yubordi

Milan yaqinida maktab avtobusi haydovchisi manzil bo‘ylab o‘z yo‘nalishni o‘zgartirgan. Uni polisiyachilar ta’qib eta boshlaganidan keyin u avtobusga yoqilg‘i quyib, yoqib yuborgan. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Guvohlarga ko‘ra, kelib chiqishi Italiyaning Senegal shahridan bo‘lgan 47 yashar haydovchi O‘rta yer dengizida migrantlar halok bo‘lishini to‘xtatmoqchi ekanligi va avtobusda hech kim omon qolmasligini aytib baqirgan.

Polisiyachilar yonayotgan avtobus oynasini sindirib, uning ichidan 51 nafar bola hamda ularga hamrohlik qilayotgan kattalarni qutqargan. 14 kishi tutundan zaharlangan. Ular orasida jarohatlanganlar yo‘q.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!