Har o‘n besh kunda xalqqa hisobot berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi - Mirziyoyev

Har o‘n besh kunda xalqqa hisobot berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi - Mirziyoyev

Prezidentimiz “Inson qadri uchun – 100 ta maqsad” doirasida amalga oshiriladigan ishlarimiz va ularning natijasini aholining barcha qatlami va xorijiy hamkorlarimizga to‘laqonli shaklda, sodda va tushunarli tilda yetkazib borish zarurligini ta’kidladi.

Mutasaddilarga yangi yondashuvlar asosida ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali dastur ijrosi bo‘yicha barcha darajadagi rahbarlarning har o‘n besh kunda xalqqa hisobot berish tizimini yo‘lga qo‘yish va nazoratini tashkil qilish.

Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligiga dasturning joylardagi ijrosi natijadorligini aholiga yetkazish bo‘yicha onlayn portalni ishga tushirish vazifasi topshirildi.

Shu bilan birga, dastur ijrosining monitoringi, aholining bu boradagi fikr va mulohazalarini qabul qilishning institusional tizimi ham bo‘lishi shart, deya ta’kidladi Prezident hamda "Taraqqiyot strategiyasi" markazi va "Yuksalish" umummilliy harakati faoliyatini tubdan qayta ko‘rib chiqib, takomillashtirish bo‘yicha taklif kiritishni topshirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!