Har uch britaniyalikdan biri bu qishda elektr energiyasi uchun to‘lovni to‘lay olmaydi

Har uch britaniyalikdan biri bu qishda elektr energiyasi uchun to‘lovni to‘lay olmaydi

Bu kuzda 13 million britaniyalik gaz va elektr energiyasidan qarzga botib qoladi, yanvarda esa elektr energiyasi uchun to‘lovni to‘lay olmaydiganlar soni har uchdan biriga ko‘tarilishi mumkin, deb yozadi The Independent.

"Osmonga ko‘tarilgan narxlar hozirgacha e’lon qilingan barcha yordamlarni yutib yuborishi tobora aniq bo‘lib bormoqda", dedi Citizens Advice bosh direktori Kler Moriarti.

Auxilione energetika bo‘yicha maslahatchiga ko‘ra, Buyuk Britaniyada elektr to‘lovlari haftasiga 100 funt sterlingdan oshishi mumkin.

Kompaniya shuningdek, agar yaqin oylarda gaz narxi tushmasa, o‘rtacha uy xo‘jaliklari yiliga taxminan 4-5 ming funt to‘lashi kerakligini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!