Har bir viloyat hokimiga ichki va chetdan turist jalb qilish bo‘yicha o‘zining “turistik halqasi”ni tashkil etish bo‘yicha loyihasini ishlab chiqish topshirildi

Har bir viloyat hokimiga ichki va chetdan turist jalb qilish bo‘yicha o‘zining “turistik halqasi”ni tashkil etish bo‘yicha loyihasini ishlab chiqish topshirildi

Hamma viloyat, shahar va tumanlarda sayyohlar boradigan joylarni ko‘paytirish kerakligi qayd etildi.

"Har bir hokim o‘ziga shunday savolni bersin: “mening viloyatim, shahar va tumanimga sayyohlar qayerga va nimani ko‘rishga keladi?” Qaysi hokim shu savolga to‘g‘ri javob topib, turizm dasturlarini qilsa, albatta o‘zgarish bo‘ladi", dedi Prezident.

Har bir viloyat hokimiga ichki va chetdan turist jalb qilish bo‘yicha o‘zining “turistik halqasi”ni tashkil etish bo‘yicha loyihasini ishlab chiqish topshirildi. Eng yaxshi loyihalarga tanlov asosida 20 million dollargacha kredit ajratiladi.

Markaziy bankka 1 trillion so‘mlik kredit resurslarini ajratish, yil yakuniga qadar yana qo‘shimcha 100 million dollar xorijiy kredit liniyalari jalb qilish topshirig‘i berilgan bo‘lsada, bu mablag‘lar hali tadbirkorlarga yetib bormagani tanqid qilindi.

Agar 1 trillion so‘m mablag‘lar tijorat banklariga joylashtirilmasa, Markaziy bank rahbariyatiga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.

1 noyabrgacha turizm xizmatlari uchun 100 million dollarlik kredit liniyasini ochish, yil yakuniga qadar kelgusi yil uchun yana qo‘shimcha 100 million dollar jalb qilish topshirildi.

Shuningdek, mutasaddilarga:

- barcha suv omborlari, o‘rmon xo‘jaligi yerlarini o‘rganib, ularda turistik zonalar tashkil etish bo‘yicha dastur ishlab chiqish;

- bojxona-chegara punktlaridan tezkor o‘tkazish xizmatini yo‘lga qo‘yish, turistik axborot markazlarini ishga tushirish bo‘yicha taklif kiritish;

Qoraqalpog‘iston, Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Surxondaryo, Farg‘ona va Xorazmning cho‘l hududlarida “safari” turizmini rivojlantirish maqsadida yo‘l tanlamas transportlar uchun import to‘lovlarini tushirish taklifini kiritish topshirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!