«Hamkorlikka tayyormiz» — Bosh vazir Abdulla Aripov Tojikistonda

«Hamkorlikka tayyormiz» — Bosh vazir Abdulla Aripov Tojikistonda

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov ishchi tashrif bilan Tojikiston Respublikasida bo‘lib turibdi. Har ikki davlat delegasiyasi o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida Abdulla Aripov iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy aloqalar borasida gapirdi.

— Bizdagi statistikaga ko‘ra so‘nggi uch yilda har ikki davlat o‘rtasidagi savdo aloqalari ikki yarim barobarga oshdi. O‘zbekistonning Tojikistonga eksporti 2,1 barobarga oshgan bo‘lsa, Tojikiston eksporti qariyb 5 barobar ortdi. Bundan kelib chiqadiki, bizning munosabatlarimiz faqat bir tomonlama manfaatli hamkorlik emas, balki har ikki tomonga naf keltiradi.

Joriy yilda pandemiya tufayli O‘zbekiston va Markaziy Osiyodagi boshqa davlatlar o‘rtasida o‘zaro tovar ayirboshlash pasaydi, ammo faqat Tojikiston bilan o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,3 foizga oshib, 317 million dollarni tashkil etdi.

Yaqin yillarda oldimizga qo‘yilgan vazifa — o‘zaro tovar aylanmasini 1 milliard AQSh dollariga yetkazish imkoniyatiga egamiz.

Fursatdan foydalanib, joriy yilda suv tanqis bo‘lishiga qaramasdan, qo‘shimcha suv yetkazib berganingiz uchun Tojikiston tomoniga alohida minnatdorlik bildiramiz.

Mamlakatlarimiz o‘rtasida turli sohalarda xususan, ilmiy markazlar o‘rtasida tajriba almashish muhim ahamiyatga ega. Shu munosabat bilan, navbatdagi ishchi guruh yig‘ilishini Toshkentda o‘tkazishni taklif qilamiz.

Pandemiya vaqtida bir birimizni qo‘llab-quvvatlaganimiz hamkorlikning qay darajada mustahkam ekanini bildiradi. O‘zbekiston bu hamkorlikni davom ettirishga tayyor, — O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!