"Hali ketmayman": 43 yoshli Buffon o‘ziga yangi klub topdi

"Hali ketmayman": 43 yoshli Buffon o‘ziga yangi klub topdi

"Yuventus"ning italiyalik darvozaboni va Janluiji Buffon karyerasini davom ettiradigan klub topdi. Bu haqda Goal xabar bermoqda.

43 yoshli Buffon sportdan ketishi mumkinligi haqidagi da’volariga qaramay professional futboldagi faoliyatini tugatishni rad etdi. U Parma shahriga qaytmoqchi. Buffon avval ham "Parma"da 1995 yildan 2001 yilgacha o‘ynagan.

Buffonning "Yuventus" bilan shartnomasi 1 iyulda tugaydi. May oyida italiyalik yozda jamoani tark etishini e’lon qilgandi. So‘nggi marta u turinliklar bilan maydonga 12 may kuni Italiya chempionatining "Sassuolo"ga qarshi o‘yinida tushgandi.

Buffon Italiyaning o‘n karra chempioni. Shuningdek, u terma jamoa tarkibida jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!