HAJ VA UMRA VAZIRI O‘ZBEKISTONGA TASHRIF BUYURDI

HAJ VA UMRA VAZIRI O‘ZBEKISTONGA TASHRIF BUYURDI

Kecha, 27 sentyabr kuni Saudiya Arabistoni Podshohligi Haj va umra ishlari vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabia boshchiligidagi delegasiya mamlakatimizga tashrif buyurdi. Martabali mehmonlarni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Muzaffar Komilov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov va bir guruh mutasaddilar kutib oldi.

Mazkur tashrifdan asosiy maqsad – O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni Podshohligi o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlarini takomillashtirish, ayniqsa, diniy-ma’rifiy, ilmiy-tadqiqot, turizm, transport sohasidagi aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!