Haj paytida ziyoratchilarga olimlar va imomlar yordam beradi

Haj paytida ziyoratchilarga olimlar va imomlar yordam beradi

Saudiya Arabistoni Islom ishlari vazirligi haj paytida ziyoratchilarga yordam ko‘rsatishi uchun 135 nafar olim va imomni tayinladi. ArabNews nashrining xabar berishicha, ular ziyoratchilarning haj amallari bilan bog‘liq savollariga javob qaytaradi.

“Ushbu qadam Saudiya Arabistoni rahbariyatining ziyoratchilarga o‘z amallarini bemalol va xotirjamlik bilan ado etishlari uchun barcha xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha ko‘rsatmasiga mosdir”, – deyiladi vazirlik bayonotida.

Bundan tashqari, avtomat ravishda javob qaytaruvchi telefon tarmog‘i ham ishga tushiriladi. Unda o‘nta – arab, ingliz, fransuz, turk, hind, urdu, xausa, indonez, bengal va amxar tillarida javob qaytariladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!