Hafta o‘rtalarida Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmoqda

Hafta o‘rtalarida Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmoqda

O‘zgidromet hafta davomida kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Bugun, 16 may kuni, respublika bo‘yicha havo kam bulutli va quruq bo‘ladi. Kunduz kuni havo may oyi o‘rtalari uchun bo‘lgan me’yoriy qiymatlargacha isiydi va +27...30daraja atrofida bo‘ladi.

17 may kuni respublika hududining katta qismida quruq ob-havo saqlanib turadi. Faqat respublikaning shimoliy hududlariga nam bulutli massivlar kirib kelishi kutilmoqda, ularning o‘tishida Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

18 may kuni nam havo massasining sharqqa qarab harakatlanishi respublikaning markaziy va sharqiy hududlari bo‘yicha beqarorlikni keltirib chiqaradi. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kunduz kuni ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi va momaqaldiroq bo‘ladi. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

19 may kuni faqat Toshkent viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi saqlanib turadi, qolgan hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi.

20 may kunirespublika bo‘yicha quruq va iliq bo‘ladi.

Bu haftada havo harorati +25...+30 daraja atrofida, ba’zi joylarda +32 darajagacha bo‘ladi.

18-19 may kunlari tog‘larda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Ush haftaning qolgan kunlarida faqat ayrim tog‘li hududlarda mahalliy xususiyatga ega bo‘lgan yomg‘irlar kuzatilishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!