Haddan tashqari ko‘p terlaydiganlar uchun 10 ta layfxak

Haddan tashqari ko‘p terlaydiganlar uchun 10 ta layfxak

Gipergidroz kundalik hayotda juda ko‘p noqulayliklarni keltirib chiqaradi. Ko‘p terlashning sababi nima bo‘lishidan qat’i nazar, ko‘pchilik tananing bu kabi xususiyati bilan moslashib yashashga ko‘nikadi. Quyida esa shunday insonlarga yordam berishi mumkin bo‘lgan tavsiyalar mavjud.

Tabiiy matodan tikilgan kiyimlarni kiying

Iloji boricha hamisha havo o‘tkazadigan matolardan tikilgan kiyimlarni kiyishga harakat qilish kerak. Paxta matosidan tikilgan kiyimlarning asosan oq yoki och rangdagilari ham quyosh nurini qaytaradi.

Gigiyenik vositalardan foydalaning

Hozirda qo‘ltiq osti sohasi uchun maxsus yostiqchalar ishlab chiqarilgan bo‘lib, ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiyimga yopishtiriladi. Shuningdek, ular namlikni o‘ziga shimib, yoqimsiz hidlarni bartaraf etadi. Bu esa muammodan qutulishga biroz bo‘lsa-da yordam beradi.

Antiperspirant salfetka sotib oling

Ko‘p terlashga moyil insonlar yonida doimo antiperspirant salfetka bo‘lgani yaxshi. Ular, ayniqsa, yoz kunlarida yuz va tanaga g‘amxo‘rlik qilishni yengillashtiradi.

Oyoqlar terlaganda

Oyoq terlashini kamaytirish yoki yoqimsiz hidni bartaraf etish uchun  bolalar kukuni yoki talk upasini surtish kerak. Kukun suyuqlikni yutadi va terini bakteriya hamda zamburug‘lardan himoya qiladi.

Oyoq uchun maxsus tagliklar

Gipergidroz − bakteriyali infeksiyaning keng tarqalgan sabablaridan biri. Chunki nam poyabzal patogenlar uchun ideal muhit hisoblanadi. Shuning uchun namlikni yutadigan hamda terini kasallikdan himoya qiladigan maxsus oyoqkiyim tagliklaridan foydalanish zarur.

Iste’mol sodasi yordam beradi

Ter tufayli kiyimlarda qoladigan yoqimsiz dog‘lar paydo bo‘ladi. Ularni bartaraf etishning eng oson usuli iste’mol sodasidir. Mahsulot kerakli joyga surtiladi va 30-60 daqiqaga qoldiriladi. So‘ngra kiyim odatdagidek yuviladi.

Qahva va achchiq taomlardan cheklaning

Kofeinli, alkogolli ichimliklar, achchiq va sho‘r taomlar tanada issiqlik ishlab chiqarilishini oshiradi. Demak, ovqatlanish borasida ham ehtiyot bo‘lish zarur. Issiq kunlarda oddiy choy yoki suv ichish tavsiya etiladi. Pomidor sharbati ham terni kamaytirishga yordam beradi. Ichimlik ter bezlari kanallarini to‘sib qo‘yadigan va namlik tezligini pasaytiradigan biriktiruvchi xususiyatga ega.

Kiyimlarni to‘g‘ri tanlang

Har qanday mavsum uchun kiyimlarni to‘g‘ri tanlash lozim. Issiq kunlarda terlatadigan qalin liboslardan qochish kerak. Qulay uslub kiyimdagi nam doirachalardan qochishga yordam beradi.

«Navbatchi chamadon»ni yig‘ing

«Navbatchi chamadon» ichida eng kerakli vositalar bo‘lishini unutmaslik lozim. Masalan, dezodarant, salfetka va shunga o‘xshash gigiyenik vositalar. Ularni mashina yoki ofisning shaxsiy shkafida saqlash mumkin.

Jurnal tuting

Jurnalga asosan organizmda ro‘y berayotgan holatlar, terlashdagi o‘zgarishlar haqidagi ma’lumotlarni kiritib borish shifokor huzuriga borganda juda foyda keltiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!