Habib Nurmagomedov: "Sportchi bo‘lmaganimda, ehtimol pomidor sotuvchisi bo‘larmidim"

Habib Nurmagomedov: "Sportchi bo‘lmaganimda, ehtimol pomidor sotuvchisi bo‘larmidim"

UFC mutlaq chempioni Habib Nurmagomedov kuni kecha Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida bo‘lib, talabalar bilan muloqot qildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi telegram kanalida xabar berilmoqda.

Talabalar chempionga "Sportchi bo‘lmaganingizda qaysi kasbni tanlar edingiz?", - degan savol bilan murojaat etdilar.

Habibning aytishicha, sportchi bo‘lmaganida, ehtimol pomidor sotuvchisi yoki uni yetishtiruvchi bo‘lgan bo‘lardi. MMA jangchisining bu gaplaridan so‘ng zalda kulgu ko‘tarildi.

"Qanday kasb egallashimdan qat’iy nazar mehnat qilishdan to‘xtamasdim. Sportda erishgan yutuqlarim ham mashaqqatli mehnat natijasi, deb hisoblayman. Inson mehnat qilishdan qochmasligi, o‘z ustida ishlashdan chekinmasligi kerak", - degan Nurmagomedov.

U, shuningdek, orzulari haqidagi savolga ham javob bergan.

"Oldinga qo‘yilgan maqsadlar ko‘p, lekin orzular marraga yaqinlashganing sayin o‘zgarib borar ekan. Shundaylaridan biri o‘z maktabimni yaratish. Jumladan, O‘zbekistonda ham o‘z sport yo‘nalishimda maktab tashkil qilish ham o‘rin olgan", - deb aytgan sportchi.

Tadbir so‘ngida sportchi eng yaxshi savol egalariga o‘z esdalik sovg‘alarini topshirgan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!