Habib Nurmagomedov Jastin Getjini ustidan g‘alaba qozongach, faoliyatini yakunlashini aytdi

Habib Nurmagomedov Jastin Getjini ustidan g‘alaba qozongach, faoliyatini yakunlashini aytdi

Engil vazndagi UFC chempioni Habib Nurmagomedov 24 oktyabr kuni Abu-Dabidagi "Jangchilar oroli"da bo‘lib o‘tgan UFC 254 musobaqasida Jastin Getjini mag‘lub etdi. 

Nurmagamedov 2-raundda Getjini uchburchak uslubida bo‘g‘ib, uni taslim qildi. 

Habib Nurmagomedov Jastin Getjini muddatdan oldin taslim etdi

Rossiyalik sportchi g‘alabali rekordini (29-0) yangilab, chempionlik kamarini uchinchi bor himoya qilishga muvaffaq bo‘ldi. Oldingi janglarda u Konor Makgregor va Dastin Poryeni mag‘lub qilgan edi. 

Jangdan so‘ng Nurmagomedov faoliyatini yakunlagani haqida e’lon qildi. 

Habib Nurmagomedov Jastin Getjini muddatdan oldin taslim etdi

"Men shunchaki otam bilan birgalikda chempion bo‘lishni istagandim. Barchasi shu tarzda mening yelkamga qulashi xayolimga ham kelmagandi. Agarda ota-onangiz hayot bo‘lishsa, ularning yonida bo‘ling. Menda ularning biri qoldi – bu mening onam. Men onamga ko‘proq vaqt ajratishni xohlayman", – dedi Habib jangdan so‘ng. 

Eslatib o‘tamiz, Habib Nurmagomedovning otasi Abdulmannop Nurmagomedov 3 iyul kuni koronavirusdan vafot etgan edi. 

Getji esa faoliyatidagi uchinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi (22-3).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!