Gvardiola va Anchelotti millioner firibgarlar ro‘yhatidan joy oldi

Gvardiola va Anchelotti millioner firibgarlar ro‘yhatidan joy oldi

«Pandora Papers» deb nom olgan jurnalistik surishtiruv doirasida dunyoning 600 dan ortiq jurnalistlari mashhur siyosatchilar, boy kishilar va taniqli shaxslarning yashirin boyligi va soliqdan qochish holatlarini aniqlashdi. Ular 11,9 mln hujjatlarni tahlil qilib chiqishgan, deya xabar bermoqda BBC.

«Pandora Papers» doirasida 6,4 mln hujjatlar, qariyb 3 mln suratlar, 1 mlndan ortiq elektron pochta xatlari va qariyb 500 ming jadvallar o‘rganilgan. O‘rganilgan hujjatlar Panama, Dubay, Monako, Shveysariya va Kayman orollari kabi «soliq jannatlari»da tuzilgan ofshor tuzilmalar va trastlar bo‘yicha bo‘lgan.

Xalqaro jurnalistlar tomonidan e’lon qilingan hujjatlarda shou-biznes va sport yulduzlari ham ofshorlardan foydalanganligi aytilgan. Ular orasida musiqachi Ringo Starr, qo‘shiqchilar Elton Jon, Xulio Iglesias va Shakira, «Real Madrid» futbol klubi murabbiy Karlo Anchelotti va boshqalar mavjud.

Masalan, hozirda «Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola futbolchilik faoliyatining so‘nggida Qatarning “Al-Ahli” klubida o‘ynagan va u yerda 2 yil davomida topgan pulini vatani bo‘lmish Ispaniyada deklarasiya qilmagan. Bundan maqsad Ispaniyada soliq to‘lashdan qochish bo‘lgan.

“Al-Ahli” Gvardiolaga yiliga 2 million yevro miqdorida maosh to‘lagan, Pep bu mablag‘ni Andorradagi bank hisobiga o‘tkazishni so‘ragan. Sababi, u yerda soliq to‘lanmagan.

Hozirda Madridning “Real” klubini boshqarayotgan Karlo Anchelotti esa Britaniya Virgin orollarida ro‘yhatdan o‘tkazilgan Vapia Limited kompaniyasining egasi hisoblanadi. Ushbu kompaniya 25 million yevrolik mulk va huquqlarga ega.
Avvalroq Anchelotti o‘z aybini qisman tan olib, to‘lanmagan 1 million yevro miqdoridagi soliqni qaytarishga rozi bo‘lgandi. Uning soliqlardan umumiy qarzi esa 1 million 460 ming yevroni tashkil qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!