Gvardiola "Manchester Siti" bilan yangi shartnoma imzoladi

Gvardiola "Manchester Siti" bilan yangi shartnoma imzoladi

"Manchester Siti" o‘zining rasmiy sayti orqali jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola bilan shartnoma uzaytirilganini e’lon qildi. Tomonlarning yangi kelishuvi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

51 yoshli mutaxassis ingliz klubida 2016 yildan beri ishlab kelmoqda. Gvardiola qo‘l ostida "Siti" 11 ta sovrinni qo‘lga kiritdi: to‘rtta Angliya chempionati, Angliya kubogi, to‘rtta Liga kubogi va ikki marta Angliya Superkubogi. Shuningdek, ispaniyalik mutaxassis “shaharliklar”ni 2020/2021 yilgi Chempionlar ligasi finaliga olib chiqdi, unda klub “Chelsi”ga yutqazdi (0:1).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!