Gvardiola Braziliya milliy jamoasini boshqarishi uchun qancha maosh so‘radi?

Gvardiola Braziliya milliy jamoasini boshqarishi uchun qancha maosh so‘radi?

Braziliya futbol federasiyasi Pep Gvardiolani milliy jamoaga bosh murabbiy etib tayinlashga harakat qilgan.

«Hozir men o‘z nomimdan gapiraman, federasiya nomidan emas. 3 yil oldin bir vise-prezident — hamkasbim bor edi, u Gvardiola bilan Braziliya milliy jamoasida ishlash borasida bog‘langandi.

Gvardiola muzokaralarga ochiq edi, lekin yiliga 24 mln yevro so‘ragan. Buncha maoshni eshitganda, men deyarli yurak xurujiga duchor bo‘ldim», — dedi Braziliya futbol federasiyasi vise-prezidenti Fransisko Novelletto Radio Grenal efirida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!