Gurlan tumanida alkogol mahsulotlarini qo‘lbola usulda tayyorlab sotayotgan yashirin sex faoliyati fosh etildi

Gurlan tumanida alkogol mahsulotlarini qo‘lbola usulda tayyorlab sotayotgan yashirin sex faoliyati fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Gurlan tuman bo‘limlari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro X.M.ga “Damas” rusumli avtotransport vositasida 7 xil turdagi jami 294 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini o‘tkazish maqsadida olib ketayotganligi aniqlanib, uning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, 60 litr etil spirti va alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun foydalanilgan tovar moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shuningdek, X.M.ning ko‘rsatuviga asosan davom etgan tadbirda, fuqaro A.A. jami 460 dona bir xil raqamli alkogol mahsuloti aksiz markasini 200 ming so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!