Gurbanguli Berdimuhamedov xalqni issiqlik va elektr bilan to‘liq ta’minlashni buyurdi

Gurbanguli Berdimuhamedov xalqni issiqlik va elektr bilan to‘liq ta’minlashni buyurdi

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 2021 yilda birinchi ishchi yig‘ilishini o‘tkazdi.

Uchrashuvda prezidentga isitish tizimlari faoliyati bilan bog‘liq vaziyat to‘g‘risida xabar berildi. Bu haqda Turkmanistan davlat axborot agentligi xabar berdi.

Mutasaddilarning ta’kidlashicha, ayni paytda mamlakatning barcha hududlarida sovuq tushishi sababli isitish tizimlarining barqaror ishlashi yo‘lga qo‘yilgan. Berdimuhamedov, o‘z navbatida, davlat xizmatchilariga turar-joy binolari, maktablar va bolalar bog‘chalarida tegishli tizimlarning operasion holatini tekshirishni buyurdi.

Aholi punktlarini elektr energiyasi bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Gurbanguli ushbu yo‘nalishda bir qator ko‘rsatmalar berdi. Shuningdek, aholini ichimlik suvi va gaz bilan ta’minlash muhimligiga e’tibor qaratildi.

Ma’lumot uchun, 2020 yil 29 dekabrda Turkmanistonda bir necha soat davomida elektr uzilishlari yuz berdi. Shundan so‘ng Berdimuhammedov birdaniga uchta mansabdorga – Bosh vazir o‘rinbosari Shamuxammet Durdiliyevga, Energetika vazirligi rahbari Charimirat Purchekovga va uning o‘rinbosari Botir Xudayberdiyevga qattiq tanbeh berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!