Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekistonga keladi

Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekistonga keladi

Ma’lum qilinishicha, shu munosabat bilan davlat rahbari bosh vazir o‘rinbosari Esenmurat Orazgeldiyevga o‘zbekistonlik hamkasbi bilan kelasi hafta bo‘ladigan savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy qo‘shma komissiya yig‘ilishida imzolash uchun tayyorlanayotgan kelishuvlarni muhokama qilishni topshirgan.

«Bugungi kunda do‘stlik, qardoshlik, yaxshi qo‘shnichilik va milliy iqtisodiyotning ko‘plab sohalarida yaqin o‘zaro munosabatlarni o‘z ichiga olgan ikki tomonlama hamkorlik jadalligi bilan ajralib turadi. Oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralar chog‘ida erishilgan kelishuv va belgilangan uzoq muddatli rejalar turkman-o‘zbek siyosiy, savdo va madaniy aloqalarini o‘zaro manfaatlarga javob beradigan yuqori darajaga olib chiqishga mo‘ljallangan», — deya ta’kidlagan Berdimuhamedov.

Qayd etilishicha, Turkmaniston prezidenti oxirgi marta O‘zbekistonga 2019 yil noyabr oyida tashrif buyurgan, 2021 yilning avgust oyida esa ikki davlat rahbari Kaspiy dengizi sohilidagi Avaza milliy sayyohlik zonasida Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlarining uchinchi maslahat uchrashuvi doirasida uchrashgan.

https://turkmenportal.com/blog/39477/prezident-turkmenistana-posetit-uzbekistan-s-oficialnym-vizitom


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!