Gurbanguli Berdimuhamedov Alabay bayramini nishonlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi

Gurbanguli Berdimuhamedov Alabay bayramini nishonlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi

Turkmanistonda prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Alabay bayramini nishonlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. U Turkman otining milliy kuni bilan birga nishonlanadi.

Turkmaniston Qishloq xo‘jaligi va atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi "Turkman Alabayi" Xalqaro assosiasiyasi bilan birgalikda Turkman Alabayi bayramini yuqori tashkiliy darajada o‘tkazilishini ta’minlaydi", deyilgan davlat rahbari tomonidan imzolangan qarorda.

Ushbu qaror mamlakat rahbari tomonidan "turkman Alabayining dunyo miqyosidagi shuhratini oshirish", shuningdek, mamlakatda it parvarishini rivojlantirish uchun qabul qilingan. Bayramni aprel oyining oxirgi yakshanbasida nishonlash rejalashtirilgan, deb xabar bermoqda Turkmenportal.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!