Gulistonda 17 yoshli bola tengdoshini pichoqlab qo‘ydi

Gulistonda 17 yoshli bola tengdoshini pichoqlab qo‘ydi

Sirdaryo viloyati Guliston shahrida 17 yoshli bola tengdoshini pichoqlab qo‘ydi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2021 yil 31 iyul kuni soat 23:30 larda 2004 yilda tug‘ilgan X.M. tanishi 2000 yilda tug‘ilgan SH.B. bilan Guliston shahar «Namuna» MFY al-Xorazmiy ko‘chasida joylashgan «Sarbonteks» korxonasi oldida o‘zaro kelishmovchilik negizida 2004 yilda tug‘ilgan J.U. tanasining turli joylariga urib, tan jarohati yetkazgan.

Janjal vaqtida voyaga yetmagan M.X. o‘zi bilan olib kelgan oshxona pichog‘i bilan voyaga yetmagan J.U.ning o‘ng tomon biqin qismiga bir marta urib, tan jarohati yetkazgan.

Oqibatda voyaga yetmagan J.U. og‘ir tan jarohati bilan RSHTYOIM Sirdaryo viloyati filialining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Sud-tergov ekspertizasining 2021 yil 2 avgustdagi 1498-sonli xulosasida voyaga yetmagan J.U.ning olgan tan jarohatlari hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir shikast deb baholangan.

Guliston shahar IIO FMB 1-son IIB tergov bo‘limi tergovchisi S.S. tomonidan M.X. va B.SH.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi «e, v, g» (ommaviy tartibsizliklar jarayonida o‘ta shafqatsizlik bilan bezorilik oqibatida qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!