Guliston shahrida 26 yoshli erkak tog‘avachchasini joynamoz ustida pichoqladi

Guliston shahrida  26 yoshli erkak tog‘avachchasini joynamoz ustida  pichoqladi

Ma’lum bo‘lishicha, erkak voqeadan oldin internet tarmog‘ida qimor o‘yinlarini o‘ynab, 100 million so‘mdan ziyod qarzga kirgan. Shundan so‘ng u xolasining xonadonida joylashgan seyf ichida taxminan 5000 dollar mablag‘i borligini bilib qolgan va uni o‘g‘irlash rejasini tuzgan. 18 mart kuni u o‘zi bilan o‘tkir tig‘li oshxona pichog‘ini olib xolasining uyiga borgan. Uyga ayolning 2003 yil 20 oktyabrda tug‘ilgan farzandi ruxsati bilan kirib, uni namoz o‘qiyotgan vaqtida 10 marta pichoqlagan. Bu vaqtda yigitning yordam so‘rab baqirayotganini eshitgan qo‘shnisi xonadonga kirib kelgani tufayli erkak voqea joyidan qochib ketgan. Hodisa oqibatida jabrlanuvchi shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Sirdaryo viloyat filialida vafot etgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Guliston shahar sudida 2021 yil 24 avgust kuni mazkur jinoyat ishi mazmunan ko‘rib chiqilib, erkakga Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi «j», «i» bandlari, 164-moddasi (Bosqinchilik) 3-qismi «g» bandi va 25-moddasi (Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish) 2-qismi «r» bandi bilan 20 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Holat bo‘yicha nashrga Sirdaryo viloyati sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi Baxtiyor Mamadaminov ma’lumot bergan.

http://sxabar.uz/dmyn


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!