Gruziyada qutqaruv vertolyoti halokatga uchrashi tufayli motam kuni e’lon qilindi

Gruziyada qutqaruv vertolyoti halokatga uchrashi tufayli motam kuni e’lon qilindi

Gruziyada qutqaruvchilar brigadasini olib ketayotgan vertolyot halokatga uchradi va 8 kishi halok bo‘ldi, deb xabar qilmoqda «Novosti - Gruziya» portali.

29 iyul kuni Gruziya Ichki ishlar vazirligi chegara polisiyasiga tegishli MI-8 vertolyoti Gudauri tog‘lariga qulagan paraplanchilarni qutqarish operasiyasi vaqtida avariyaga uchradi va portlab ketdi.

Vertolyot tushdan keyin Tbilisidan Gudauriga ko‘tarilgan. Maqsad voqea joyiga Sog‘liqni saqlash vazirligi shoshilinch tibbiy yordam markazi shifokorlari va Ichki ishlar vazirligi favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilarini yetkazish edi.

Manevr vaqtida vertolyotning orqa qismi toqqa tegib ketgan. Bu orqa propellerning ishlamay qolishiga olib keldi. Keyin uchuvchi boshqaruvni yo‘qotdi va vertolyot qulay boshladi. Toqqa yana urilgan vertolyot portlab ketdi va uning siniqlari chuqur daraga quladi.

Hodisa oqibatida 8 kishi: ekipaj komandiri, 3 nafar uchuvchi, 2 nafar shifokor va 2 nafar qutqaruvchi halok bo‘ldi. Bugun Gruziyada bir kunlik motam e’lon qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!